03:52 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
297 0 0

Shifokorlar bilan maslahat qilgan holda shunday xulosaga kelingan: pandemiya bilan bogʻliq vaziyat bu yil joylarda katta yigʻin va sayillar oʻtkazishni cheklash talabini qoʻymoqda.

TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazgan yigʻilishi davomida, Mustaqillik bayramini pandemiya sharoitida nishonlash yuzasidan koʻrsatmalar berdi, deb xabar qiladi prezident matbuot-xizmati.

Taʼkidlanishicha, ushbu masalada shifokorlar bilan maslahat qilgan holda shunday xulosaga kelindiki, pandemiya bilan bogʻliq vaziyat bu yil joylarda katta yigʻin va sayillar oʻtkazishni cheklash talabini qoʻymoqda. Shuning uchun ushbu ulugʻ sanani koʻproq oila davrasida nishonlashni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Korxona va tashkilotlarda ham bayram tadbirlari rejalashtirilgan taqdirda ularni sanitariya normalariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazish maqsadga muvofiqligi koʻrsatib oʻtildi. Ommaviy axborot vositalari va internet tarmogʻida bayram kunlari qiziqarli, yangi formatdagi koʻrsatuvlar, eshittirish va chiqishlar namoyish etish borasida tavsiyalar berildi.

Mustaqillik bayramida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar ham 6 kun ishlaydiganlar ham – 30-31 avgust hamda 1 sentyabr kunlari (3 kun) dam oladi.

Eslatib oʻtamiz, Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 20 avgust 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 37 547 nafarni tashkil etmoqda. Infektsiyani yuqtirgan bemorlarning 33 mingdan ortigʻi sogʻaygan. Qurbonlar soni 252 nafarni tashkil qilmoqda.

Asosiy mavzular