O‘zbekistonda bog‘chalar qay tartibda ishlaydi - talablar e’lon qilindi

© Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniyaMinisterstvo doshkolnogo obrazovaniya prezentovalo detskie sadi na kolesax
Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya prezentovalo detskie sadi na kolesax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, hujjatda tarbiyalanuvchilarni xavfsiz ta’lim olishi va tarbiyalanishini tashkil etish chora-tadbirlari ham belgilangan. Jumladan, o‘yinlarni o‘tkazishda tarbiyalanuvchilar guruhi o‘zaro munosabatlarni cheklash orqali 2-3 boladan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi.

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. "COVID 19 pandemiyasi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar" Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi va hisobga olindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Shkolniki sdayut yediniy gosudarstvenniy ekzamen v Chite - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda maktab va bog‘chalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Mazkur hujjat COVID-19 infeksiyasi tarqalish xavfi bilan bog‘liq sanitariya-epidemiologik vaziyatda, turi, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ning ish faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.

Hujjatga ko‘ra, MTTga bolalarni qabul qilish vaqtida quyidagi asosiy qoidalarga rioya etish muhim hisoblanadi:

tarbiyalanuvchini olib keluvchi va olib ketuvchi shaxs va tarbiyalanuvchilar MTTga tibbiy niqob tartibiga rioya etgan holda boradi;

tarbiyalanuvchining olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslarga MTT hududiga kirishi taqiqlanadi;

tarbiyalanuvchini MTTning mas’ul xodimi qabul qilib oladi hamda tibbiy xodim tomonidan "ertalabki filtr" o‘tkaziladi va ko‘rsatkichlar maxsus jurnalga qayd qilinadi;

Shkolniy bazar - Sputnik O‘zbekiston
XTV davlat maktablari qachon ish boshlashi haqidagi savolga javob berdi

tarbiyalanuvchi "ertalabki filtr"dan o‘tgandan keyin guruhga kirishdan oldin tibbiy niqobni yechadi, kiyim va poyafzalini almashtiradi, so‘ngra MTT xodimi nazorati ostida 20 soniyadan kam bo‘lmagan muddatda qo‘llarini sovun bilan yaxshilab yuvadi;

MTTda tarbiyalanuvchilarning tana harorati kamida 2-marta (MTTga kelganda va uyga qaytishdan oldin) va ehtiyoj bo‘lganda o‘lchanadi.

Shuningdek, hujjatda tarbiyalanuvchilarni xavfsiz ta’lim olishi va tarbiyalanishini tashkil etish chora-tadbirlari ham belgilangan. Jumladan, o‘yinlarni o‘tkazishda tarbiyalanuvchilar guruhi o‘zaro munosabatlarni cheklash orqali 2-3 boladan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning tegishli Farmoniga ko‘ra, texnik hujjatlar joriy yilning 1-iyulidan e’tiboran Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda ijobiy xulosa olingandan so‘ng hisobga olinadi va kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0