21:20 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)
1549 0 0

Oʻzbekistonda kasallik qayd etilgan jami 38 074 nafar bemordan 34 mingga yaqini sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 89 %ni tashkil etmoqda

TOSHKENT, 22 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 38 mingdan oshdi, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Bemorlanganlarning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kuni kecha Toshkent shahrida 5, Toshkent viloyatida 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan, shu bilan qurbonlar soni jami 260 nafarga yetgan,.

Kasallik qayd etilgan jami 38 074 nafar bemordan 33 989 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 89 %ni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 825 nafar bemordan 277 nafari ogʻir, 96 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Koronavirus pandemiyasi qachon tugaydi?

Kuni kecha Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti dunyo koronavirus infektsiyasini taxminan qancha muddatda yengishi haqida bayonot bergan edi. Tashkilot bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus koronavirusni toʻxtatish uchun dunyo zarur texnologiyalarga egaligini qayd etgan.

Gebreyesus 1918 yilda insoniyat duch kelgan ispan grippi pandemiyasi ikki yil davom etgan, ammo BSST COVID-19 ni undan qisqaroq muddatda yengishga umid qilmoqda. Hozirda tashkilot qoshida koronavirus mutatsiyalarini aniqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruhi tuzilgan.

Pandemiya

Yangi turdagi koronavirus tufayli avj olgan COVID-19 pnevmoniyasi ilk bor 2019 yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan edi. 11 mart kuni Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti pandemiya eʼlon qildi.

Hozirda ushbu infektsiya bilan kasallanganlar soni 22,5 milliondan oshgan, 800 ming nafardan ortiq inson vafot etgan.

Rossiyada pandemiya boshidan buyon 85 ta regionda 946 976 koronavirusga chalinish holatlar qayd etilgan. Butun davr mobaynida 16 189 nafar inson qurbon boʻlgan, 761 330 bemor sogʻaygan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)

Asosiy mavzular