20:34 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)
142810

Rossiya tomonidan birinchi boʻlib roʻyxatdan oʻtkazilgan vaktsinaning eksport bozori toʻlaligicha uning ishlab chiqarish aylanmasiga bogʻliq

TOSHKENT, 22 avg — Sputnik. Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaktsinasining keng koʻlamli eksporti kelgusi yilda boshlanadi, deya xabar qildi jurnalistlarga Rossiya sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov.

"Obʼyektiv aytadigan boʻlsak, gap eksport haqida borar ekan, bu taxminimizcha, kelgusi yilning bahori roʻy beradi", - dedi u.

Eksportni yoʻlga qoʻyishda - ishlab chiqarish koʻlami, muhim rol oʻynaydi, deya qoʻshimcha qilgan Manturov.

Bundan tashqari, koʻp narsa Rossiya institutlarining chet ellik hamkasblari bilan oʻzaro hamkorligiga bogʻliq, qolaversa, bir tsikl sinovlardan oʻtishi kerak, deya qayd etgan RF Sanoat va savdo vazirligi rahbari.

Sentyabrda boshlanishi mumkin: Oʻzbekistonda kimlar bepul emlanadi >>>

Sal oldin Rossiyaning ushbu vaktsinasiga 20 dan ortiq davlatlardan buyurtmalar kelib tushgani haqida xabar bergan edik.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Oʻzbekiston Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan vaktsinalar yuzasidan oʻrganish ishlarini olib borayotganini maʼlum qilgan. Qozogʻiston RFdan koronavirusga qarshi vaktsinani xarid qilish masalasini muhokama qilish uchun Moskvaga hukumat delegatsiyasini yuborishini maʼlum qilgan edi. Tojikiston ham bu masalada muzokaralarni boshlab yuborgan

Rossiyada ushbu vaktsina bilan birinchi boʻlib tibbiyot xodimlari emlanishi maʼlum qilingan. Vaktsinatsiya sentyabrdan boshlanadi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)

Asosiy mavzular