14:54 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
56111

Abdullayev Oʻzbekiston Respublikasi soʻroviga binoan qoʻlga olingan. U "Oʻzbekiston manfaatlariga qarshi ogʻir jinoyatlarni sodir etganlikda" ayblanmoqda.

TOSHKENT, 22 avg — Sputnik. Bugun, 22 avgust kuni, oʻzbekistonlik jurnalist Bobomurod Abdullayevni Oʻzbekistonga topshirdi, deb xabar bermoqda Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi matbuot-xizmati.

Abdullayev jurnalistlik faoliyati bilan shugʻullangan. U sal oldin Oʻzbekiston tomoni soʻroviga asosan hibsga olingan edi. Jurnalist mamlakat manfaatlariga qarshi ogʻir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

10 avgust kuni Bishkek Pervomaysk sudi Bobomurod Abdullayevga nisbatan MXDQ SIZOsiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllagan.

"22 avgust kuni Abdullayev Oʻzbekiston tomoniga topshirildi. Bu sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida chet el fuqarolarini topshirish jarayonini tartibga soluvchi QR qonunchiligi normalari va davlatlararo bitimlarga mos ravishda amalga oshirildi", - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, soʻrov yuborgan tomonga Abdullayevga himoya uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi kafolatlar taqdim etilgan. Gap advokatlar yordami, qiynoqlarni qoʻllamaslik, shafqatsiz va insoniylikka toʻgʻri kelmaydigan munosabat, shuningdek, zarurat tugʻilganida, tegishli tibbiy yordamni taqdim etish kafolatlari haqida bormoqda.

Asosiy mavzular