22:57 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
379 0 0

Aholini roʻyxatga olish ishlari nafaqat Oʻzbekistonda, balki barcha MDH davlatlarida start olmoqda. Taʼkidlab oʻtish joizki, aholini roʻyxatga olish ishlari Oʻzbekistonda soʻnggi marta 1989 yilda oʻtkazilgan

TOSHKENT, 22 avg - Sputnik. Davlat statistika qoʻmitasida Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olishga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi va ustuvor vazifalar belgilab olindi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Tadbirda statistika maʼlumotlarining shaffofligi, oshkoraligi va qulayligini oshirishni taʼminlash boʻyicha fikr-mulohaza almashildi. Shuningdek, Jahon banki koʻmagida ishlab chiqilgan "2020–2025- yillarda Oʻzbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi" xususida batafsil soʻz yuritildi.

Aholini roʻyxatdan oʻtkazib, Oʻzbekiston tengsizlikka barham beradi - Freyzer >>>

Qoʻmita markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmalarida roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazishga masʼul boʻlgan yangi boʻlinmalar ish faoliyatini yoʻlga qoʻyish va uning vazifalarini belgilash boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.

Eslatib oʻtamiz, aholini roʻyxatga olish ishlari 2022 yilning kuzida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari soʻnggi marta 1989 yilda oʻtkazilgan.

Asosiy mavzular