21:19 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
29310

Bugungi kunga karantin zonada 108 ming 696  nafardan ziyod fuqaro belgilangan karantin muddatini oʻtagan. Shundan 4 ming 805 nafar voyaga yetmagan bolalardir.

TOSHKENT, 22 avg - Sputnik. Bola huquqlari boʻyicha vakil - ombudsman Aliya Yunusova karantin sharoitida saqlanayotgan voyaga yetmagan bolalarning yashash sharoiti, ovqatlanishi, tibbiy xizmatdan foydalanishi kabi JSST tavsiyalari nechogʻlik bajarilayotganini oʻrganish maqsadida Toshkent viloyatida joylashgan Oʻrtasaroy karantin hududiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Press-slujba destkogo ombudsmena
Detskiy Ombudsmen Aliya Yunusova monitorit soblyudeniye prav detey v karantinnыx zonax

Tashrif chogʻida Yunusova dastavval karantin hududida ishlaydigan masʼul xodimlar bilan uchrashuv boʻldi. Shuningdek, karantinda saqlanayotgan fuqarolarning murojaatlari bilan shugʻullanuvchi "Call center" faoliyati hamda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar va ovqatlanish shart-sharoitlari bilan tanishdi.

Fuqarolik obʼyekti hisoblanadigan ushbu karantin hududi Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining doimiy eʼtibori va taʼminotida hisoblanadi. Bugungi kunga qadar bu yerda 108 ming 696  nafardan ziyod fuqaro belgilangan karantin muddatini oʻtagan. Shundan 4 ming 805 nafar voyaga yetmagan bolalardir. 20 avgust holatiga koʻra karantinda 342 ta voyaga yetmagan bolalar hamda 329 nafar xomilador ayollar saqlanmoqda.

Press-slujba Upolnomochennogo po pravam detey
Upolnomochennыy po pravam detey Aliya Yunusova monitorit soblyudeniye prav cheloveka v karantinnыx zonax

Shuni aytib oʻtish joizki, Oʻzbekistonning karantin hududlarini mavjud holatlardan kelib chiqqan holda yashil, sariq va qizil rangli hududlarga ajratish borasidagi tajribasi noyobligi va samaradorligi bilan ajralib turadi.

Bola huquqlari boʻyicha vakil ushbu hududdagi obʼyektlarni koʻzdan kechirib, voyaga yetmagan bolalar, homilador ayollarga koʻrsatilayotgan eʼtiborni alohida taʼkidladi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.

Karantin hududida fuqarolardan koronavirusga test olish va test javoblarini qisqa muddatda aniqlash uchun zamonaviy laboratoriya markazi tashkil etilgan. Ushbu laboratoriyada test javoblari bir kunlik muddatda chiqishi bu fuqarolarning ortiqcha ushlab qolinishini oldini oladi.

Bola huquqlari boʻyicha vakil qizil hududda boʻlgan voyaga yetmagan bolalar va homilador ayollar bilan telefon orqali muloqat qildi. Ularning yashash sharoitlari, mavjud mummolar yuzasidan ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

Karantin hududi maʼmuriyati bilan xamkorlikda bola huquqlarini taʼminlash, ularda yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal etish yuzasidan kelishib olindi.

Asosiy mavzular