22:44 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
137 0 0

Kompaniya vakillari yoʻlovchilarga yuqori darajadagi xizmat koʻrsatishni taʼminlaydigan mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Toshkent xalqaro aeroporti nufuzi va jozibadorligini oshirishini alohida qayd etib oʻtgan.

TOSHKENT, 25 avg - Sputnik. Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev Birlashgan Arab Amirliklarining Jetex kompaniyasi vakillari bilan videokonferentsaloqa shaklida muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda Transport vazirligining axborot xizmati xabar bergan.

Muloqotda Jetex kompaniyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida FBO shaklida davlat xususiy sherikchiligi asosida VIP va CIP mijozlarga xizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha investitsion loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirayotgani maʼlum qilingan.

Xabarga koʻra, Jetex kompaniyasi mazkur loyiha doirasida oʻz mablagʻlari hisobidan Toshkent xalqaro aeroporti infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida yoʻlovchilar va biznes aviatsiyaga xizmat koʻrsatuvchi yangi maxsus terminal va angar qurishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya vakillari yoʻlovchilarga yuqori darajadagi xizmat koʻrsatishni taʼminlaydigan mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Toshkent xalqaro aeroporti nufuzi va jozibadorligini oshirishini alohida qayd etib oʻtgan.

Jetex kompaniyasi 2005 yilda tashkil etilgan boʻlib, 5 qitʼada 30 ta biznes birlashmani oʻz ichiga olgan global tarmoqqa ega. Shuningdek, Jetex Yaqin Sharq, Turkiya va Pokistonda HondaJet kompaniyasining rasmiy dileri hisoblanadi.

FBO (Fixed Base Operator) — aeroportlarda havo kemalari va yoʻlovchilarga kompleks servis xizmatlari koʻrsatuvchi, xususan, havo kemalariga yoqilgʻi quyish, toʻxtash joyi, angarda saqlash, texnik va taʼmirlash xizmatlarini koʻrsatish, havo kemalarini ijaraga berish, charterlarni sotish, taksi va yana boshqa koʻplab xizmat turlarini koʻrsatuvchi tashkilot.

Asosiy mavzular