02:09 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
73910

Vladimir Putin, oʻz navbatida, Belarus Rossiya vaktsinasini oladigan birinchi mamlakatlardan biri boʻlishini maʼlum qilgan.

TOSHKENT, 26 avg — Sputnik. Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaktsinasiga 27ta davlat qiziqish bildirmoqda, deb xabar qildi bosh vazir oʻrinbosari Tatyana Golikova prezident yigʻilishida.

Gamaleya nomidagi markazda ishlab chiqarilgan preparatni, xususan, Belarus, Ozarbayjon, Braziliya, Venesuela va Qozogʻiston xarid qilish istagini bildirgan.

Vaktsina ishlab chiqarilishi uchun uchta sanoat maydonlari tanlab olingan.

Vladimir Putin, oʻz navbatida, Belarus Rossiya vaktsinasini oladigan birinchi mamlakatlardan biri boʻlishini maʼlum qilgan.

"Biz Aleksandr Grigoryevich (Lukashenko. — tahr.) bilan buni muhokama qildik va Belarus qoʻshimcha testdan oʻtkazish boʻyicha yakunlovchi bosqichga qoʻshilishi borasida kelishuvga erishdik, — deb qoʻshimcha qildi u.

Davlat rahbari Golikovadan ushbu ishni oxiriga yetkazishni soʻradi.

Bosh vazir oʻrinbosari, Rossiyada, birinchi navbatda tibbiyot va ijtimoiy soha xodimlari, pedagoglar hamda tashkillashtirilgan kollektivlarda mehnat qilayotgan boshqa xodimlar emlanishini aytdi.

Shuningdek, Golikova, "Vektor" markazi ishlab chiqarayotgan boshqa vaktsina haqida ham maʼlumot berdi.

"Fikrimizcha, u sentyabr oxirida - oktyabr oyi boshida roʻyxatdan oʻtkaziladi. <...> Bu peptid antigenlar asosidagi vaktsina, u "EpiVakKorona" nomini olgan, — deya taʼkidladi Golikova.

Klinik tadqiqotlarning birinchi va ikkinchi bosqichi natijalari boʻyicha koʻngillilarda ogʻirlashish holatlari kuzatilmagan.

Bosh vazir oʻrinbosari soʻzlariga koʻra, Rossiyada koronavirus holati barqarorlashuvi boʻyicha turgʻun tendentsiya kuzatilmoqda. Mart oyidan boshlab virusni yuqtirish holatlari 54 marotaba pasaygan.

"Sputnik V"

Kuni kecha Gamaleya nomidagi markazga vaktsina roʻyxatga olinganidan keyingi sinovlar uchun ruxsatnoma berildi. Muassasa direktori Aleksandr Gintsburg RIA Novostiga bergan intervyusida, 3 sentyabrga qadar markaz vaktsinani tibbiyot muassasalariga yetkazishini, 4-5 sanadan esa koʻngillilarni emlashni boshlashlari mumkinligini aytdi. Preparatning fuqarolik aylanmasi sentyabrning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan.

Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaktsina dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatga olindi. Mutaxassislar "Sputnik V"ni Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari fondi yordamida tayyorlaganlar. Ekspertlarning taʼkidiga koʻra, klinik sinovlar vaqtida barcha koʻngillilarda yuqori miqdorda antitanachalar ishlab chiqilgan, jiddiy ogʻirlashish holatlari hech kimda kuzatilmagan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular