22:26 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
42510

Sogʻliqni saqlash vazirligi har bir taʼlim muassasasiga borgan holda xodimlarni emlash oʻtkazishni va tegishli sogʻliqni saqlash muassasalarini vaktsina va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash choralarini koʻradi.

TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda barcha maktab oʻqituvchilari grippga qarshi bepul emlanadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Prezident qaroriga binoan, respublikadagi barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining rahbar, pedagogik va boshqa (yordamchi) xodimlari markazlashgan tartibda 2020 yil 1 oktyabrga qadar grippga qarshi emlanadi.

"Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining respublikadagi barcha boshlangʻich, umumiy oʻrta taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarining xodimlarini markazlashgan tartibda 2020 yil 1 oktyabrga qadar bepul grippga qarshi emlash haqidagi taklifi maʼqullansin", - deyiladi hujjatda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi har bir taʼlim muassasasiga borgan holda xodimlarni emlash oʻtkazishni va tegishli sogʻliqni saqlash muassasalarini vaktsina va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash choralarini koʻradi.

Asosiy mavzular