19:07 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
1525 0 0

Turkiya, BAA, Belarus va Qozogʻiston Respublikasi bilan sentyabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich muntazam avia qatnovlarni tiklash masalasi koʻrib chiqilmoqda.

TOSHKENT, 29 avg - Sputnik. Oʻzbekiston hukumati ayni vaqtda Turkiya, BAA, Belarus va Qozogʻiston Respublikasi bilan sentyabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich ravishda muntazam avia qatnovlarni tiklash masalasi koʻrib chiqmoqda, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Transport vazirligi matbuot-xizmati.

"...ayni damda Turkiya, BAA, Belarus va Qozogʻiston Respublikasi bilan sentyabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich ravishda muntazam avia qatnovlarni tiklash masalasi koʻrib chiqilmoqda. Bunda epidemiologik vaziyat notinch boʻlgan malakatlardan (qizil) havo kemasi bortiga qabul qilinayotgan yoʻlovchilardan Covid-19 kasalligiga parvozdan oldin 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda faqat PZR (polimera zanjirli reakatsiya) orqali tekshirilib, manfiy koʻrsatgich ega deb topilgan maʼlumotnomani taqdim etish talab etiladi. Maʼlumotnoma ingliz yoki rus tillarida boʻlishi lozim", - dedi vazirlik matbuot-xizmati vakili.

"Sariq" hududdan keluvchi yoʻlovchilar Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga Covid-19 kasalligiga PZR tekshiruvi yoki ekspress testi maʼlumotnomasini taqdim etishi kerak.

Asosiy mavzular