Cyentabrdan pensiya va nafaqalar 10 foizga oshirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 sentabrdan boshlab, pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshdi.

TOShKENT, 2 sen - Sputnik. O‘zbekistonda 1-sentabrdan pensiya va nafaqalar 10 foizga oshirildi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" telegram kanalida.

Otrivnoy kalendar - Sputnik O‘zbekiston
Oshayotgan nafaqalar, "propiska"dagi yangi tartib: 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?

"1 sentabrdan boshlab, pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshdi", - deyiladi xabarda.

O‘rtacha pensiya miqdori 764 ming so‘mdan 841 ming so‘mgacha ko‘tarildi.

Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori amaldagi 466 680 so‘mdan 513 350 so‘mgacha ko‘paydi.

Pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan, hayoti davomida Pensiya jamg‘armasiga umuman badal to‘lamagan 37,5 ming nafar keksa fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 315 030 so‘mgacha oshirildi.

Yangiliklar lentasi
0