21:03 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
278 0 0

1 nafar abituriyentning tana harorati baland boʻlganligi uchun testga kiritilmadi va dalolatnoma tuzildi.

TOSHKENT, 2 sen - Sputnik. Test sinovlarining 1-kuni 1-smenada 37 nafar abituriyent testdan chetlashtirildi, deb xabar qildi AOKAda oʻtkazilgan brifingda DTM direktori oʻrinbosari Sardor Rajabov maʼlumot berib oʻtdi, deya xabar bermoqda OʻzA.

1-smena 59250 nafar abituriyent test topshirishi rejalashtirilgan edi. Shundan 55767 nafari ishtirok etdi. 3474 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra testga kelmadi.

1 nafar abituriyentning tana harorati baland boʻlganligi uchun testga kiritilmadi va dalolatnoma tuzildi.

8 nafar abituriyent kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi. Xususan, ularning 4 nafari telefon, 1 nafari shpargalka, 2 nafari boshqa abituriyent oʻrniga kirmoqchi boʻlgan, 1 nafari hujjatni soxtalashtirgani uchun chetlashtirilgan.

Test sinovlari jarayonlarida tartib-qoidani buzganligi uchun 29 nafar abituriyent testdan chetlashtirildi. Jumladan, ularning 26 nafari telefon va boshqa turli elektron vositalardan foydalangani uchun, 1 nafari shpargalka, 1 nafari kalkulyator va 1 nafari soxta hujjat bilan testga kirgani uchun chetlashtirildi.

Asosiy mavzular