14:18 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
389 0 0

Dunyoning eng baland binosi "Burj-Xalifa"da Oʻzbekiston Mustaqilligini kuni munosabati bilan oʻzbek bayrogʻi rangidagi illyuminatsiyalar yondi

TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklaridagi eng baland osmonoʻpar bino - "Burj-Xalifa" Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni sharofati bilan mamlakat bayrogʻi rangiga boʻyaldi.

Ushbu goʻzal tomosha videosi binoning Instagram-akkauntida paydo boʻldi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Burj Khalifa (@burjkhalifa)

Dubay shu tariqa oʻzbek xalqini milliy bayram bilan qutladi. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston joriy yilda Mustaqillikning 29 yilligini nishonlamoqda.

Pandemiya sharoitidagi ilk Mustaqillik bayrami qanday nishonlanmoqda - video

Maʼlumki, oʻzbek bayrogʻi BAAning 828 metrli osmonoʻpar binosida birinchi marta paydo boʻlayotgani yoʻq. Bir yil avval Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifi munosabati bilan bino fasadi Oʻzbekiston bayrogʻi tusiga kirgan edi.

Asosiy mavzular