23:07 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
40820

Ayni paytda, preparat barcha ruxsatnomalarni olgan va 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan koʻngillilarda tadqiqotlarning ikki bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan

TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazining keksa xodimlari COVID-19ga qarshi emlandilar. Ular oʻzlarini yaxshi his qilishmoqda, deya taʼkidlaydi rossiyalik olimlar.

"10-15 kishi, undan kam emas. Ularning barchasi tetik, sogʻlom, faol, maʼruzalar oʻqib, bemorlarni boshqarishmoqda, sport bilan shugʻullanmoqdalar. Vaktsinatsiya ularga hech qanday taʼsir koʻrsatmadi", — dedi RIA Novostiga Gamaleya markazi direktori Aleksandr Gintsburg.

U bir necha oy oldin koronavirusga qarshi vaktsinatsiyadan oʻtganini va oʻzini yaxshi his qilayotganini taʼkidladi. Aytgancha, uning yoshi 68da.

Gintsburgning aytishicha, vaktsina roʻyxatdan olingandan keyingi sinovlardan oʻrin olgan masalalardan biri tadqiqotlar va yoshi 60, 70, 80dan oʻtgan koʻngillilarda sinovlarni oʻtkazishdan iborat. Ularni moskvaliklar orasidan saralashadi.

Rossiya pervoy v mire zaregistrirovala vaktsinu ot koronavirusa
Ruptly / RFPI / WHO / Dmitriy Kurakin/Press-slujba Minzdrava Rossii

"Umid qilamanki, sizga hozir aytganlarim rasman tasdiqlanadi va vaktsina 70, 80 yoshdagi va hatto undan yuqori boʻlgan yosh toifasiga ega odamlar orasida qoʻllanilish uchun ruxsatnomaga ega boʻladi", — dedi olim.

Ayni vaqtda preparat barcha ruxsatnomalarni olgan va 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan koʻngillilarda ikki bosqichdagi tadqiqotlarni muvaffaqiyatli oʻtgan.  Natijada immun javob va SARS-CoV-2ga antitanachalar shakllangan.

Roʻyxatdan olingandan keyingi klinik sinovlar fazasi ushbu haftada start olmoqda: vaktsina 40 ming kishida tekshiriladi.

Aleksandr Gintsburgning aytishicha, ushbu bosqichdagi ishtirokchilar ortidan shifokorlar qatʼiy nazorat olib boradilar: ularni gospitalizatsiya qilishmaydi, ammo tadqiqotlar oldidan/vaqtida/keyin boʻlgan barcha tahlillar olinadi. Shuningdek, koʻngillilar oʻzlarida noxush oʻzgarishlar yuz beradigan boʻlsa u haqda tibbiyot xodimlariga toʻgʻridan-toʻgʻri xabar berishlari mumkin boʻlishi uchun, elektron monitoring oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasi

Eslatib oʻtamiz, avgust oyi boshida Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi Rossiya toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar fondi koʻmagida Gamaleya nomidagi markaz mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 ga qarshi dunyodagi birinchi vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazgan edi. Preparat "Sputnik-V" nomini oldi.

Hozirda 20dan ortiq mamlakatlardan "Sputnik-V" vaktsinasiga milliard dozada talab kelib tushgan. Rossiya beshta mamlakatda preparatni ishlab chiqarish boʻyicha kelishuvga erishdi. Mavjud quvvatlar yiliga besh yuz million dozagacha vaktsina ishlab chiqarish imkoniga ega.

Asosiy mavzular