01:08 26 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1283)
335 0 0

Statistik maʼlumotlarga koʻra, dunyoda koronavirus infektsiyasini yuqtirayotganlar soni kundan-kunga ortmoqda va 5 sentyabr holatiga koʻra, 27 milliondan oshgan

TOSHKENT, 5 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasiga chalinganlar soni 43 075 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi.

4 sentyabr kuni mamlakatda 278 yangi infektsiyalanish holatlari qayd etilgan. 

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan, qurbonlarning umumiy koʻrsatkichi 339 nafarni tashkil qilmoqda.

Mamlakatda koronavirus qayd etilganlar soni sogʻayganlar sonidan koʻp boʻldi. Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Fargʻona hamda Jizzax viloyatlarida jami 256 nafar bemor sogʻaydi.

Bemorlarning 40 432 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 93 %ni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 304 nafar bemordan 368 nafari ogʻir, 179 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, dunyoda koronavirus infektsiyasini yuqtirayotganlar soni kundan-kunga ortmoqda va 5 sentyabr holatiga koʻra, 27 milliondan oshgan, bugungi kunda 19 milliondan ziyod inson sogʻayishga muvaffaq boʻlgan, 880 mingdan ziyod kishi qurbon boʻlgan. 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1283)

Asosiy mavzular