20:07 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
129 0 0

Shu bilan birga, moliya vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2020 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi axboroti koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan.

TOSHKENT, 5 sen - Sputnik. Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisini 2020 yil 11 sentyabr kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Videokonferentsaloqa tarzida oʻtkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

Yalpi majlisda, jumladan, quyidagi qonunlar koʻrib chiqiladi:

- "Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida"gi;

- "Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida"gi;

- "Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida"gi;senat

- "Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi;

- "Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlardan va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi;

- "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi.

Shu bilan birga, moliya vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2020 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi axboroti koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan.

Asosiy mavzular