Energetika vazirligi: Tojikistonga gaz yetkazib berish davom etmoqda

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishManometr na gazokompressornoy stansii
Manometr na gazokompressornoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yil 8 oyi davomida qo‘shni mamlakatga 139,5 million kubometr gaz yetkazib berilgan

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirligi Internet tarmoqlarida tarqatilgan go‘yoki respublikadan Tojikistonga gaz yetkazib berish to‘xtatilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qiladi.

O‘zbekistondan Tojikistonga gaz yetkazib berish ishlari rejali ravishda davom etmoqda.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yil 8 oyi davomida qo‘shni mamlakatga 139,5 million kubometr gaz yetkazib berilgan.

Yil oxiriga qadar shartnoma asosida 200,0 million kubometr yetkazib berish hajmlariga erishish rejalashtirilgan, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Energetika vazirligi axborot xizmati vakili.

Yangiliklar lentasi
0