12:25 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
573 0 0

Yigʻilish ishtirokchilari bir ovozdan Sultanov nomzodini qabul qilishdi va u Oʻzbekiston Baydarka va kanoe federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.

TOSHKENT, 5 sen - Sputnik. Energetika vaziri Alisher Sultanov Oʻzbekiston Baydarka va kanoe federatsiyasi prezidentligiga saylandi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot-xizmati.

Tayinlov bugun ZOOM platformasida Oʻzbekiston Rowing&Canoe federatsiyasining navbatdan tashqari onlayn hisobot-saylov konferentsiyasi davomida roʻy bergan.

Yigʻilish davomida Baydarka va kanoe federatsiyasi raisi Xudoyor Ahmedov oʻz xohishiga koʻra lavozimdan boʻshash toʻgʻrisida arizasi koʻrib chiqilib, uning oʻrniga yangi rahbar va oʻrinbosarlar saylash, Ijroqoʻm tarkibini qayta koʻrib chiqish singari masalalar koʻrilgan.

Yigʻilish ishtirokchilari bir ovozdan Ahmedovning arizasini qabul qilishgan. Oʻz oʻrnida Xudoyor Ahmedov salomatligi bois federatsiya faoliyatini boshqarishga vaqt ajrata olmayotgani, ortda qolgan 2 yildan koʻproq vaqt davomida olib borilgan hamjihatlikdagi ish uchun tashakkur bildirgan.

Shundan soʻng federatsiya raisligiga Oʻzbekiston energetika vaziri Sultanov Alisher Saidabbasovich nomzodi qoʻyilgan. Yigʻilish ishtirokchilari bir ovozdan Sultanov nomzodini qabul qilishgan va u federatsiyaning yangi raisi etib saylangan.

Asosiy mavzular