22:27 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
307 0 0

Kompaniya vakili soʻzlariga koʻra, "tekshiruvning standart jarayoni" sinovlar toʻxtatilishiga olib kelgan. Klinik sinovlarning toʻxtatilishi qancha vaqtga choʻzilishi hozircha maʼlum emas.

TOSHKENT, 9 sen - Sputnik. AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaktsinasi sinovlari Buyuk Britaniyadan boʻlgan ishtirokchilardan birida noxush taʼsir ehtimoli tufayli toʻxtatildi, deb xabar qilmoqda Stat News portali kompaniya vakiliga tayangan holda.

Oksford mutaxassislari bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan AstraZeneca vaktsinasi avgust oyida AQShda uchinchi bosqich sinovlariga oʻtgan edi. Sal oldin AstraZeneca mutaxassislari Buyuk Britaniya, Braziliya va JARda boshlangan.

Kompaniya vakili soʻzlariga koʻra, "tekshiruvning standart jarayoni" sinovlar toʻxtatilishiga olib kelgan. Uning soʻzlariga koʻra, AstraZeneca "sinovlar oʻtkazilishi muddatiga ehtimoliy taʼsirlarni minimallashtirish uchun ushbu holatni tezlashtirilgan tartibda tahlil etmoqchi". Kompaniya vakili soʻzlariga koʻra, sinovlarning toʻxtatilishi "shablon xarakterga" ega va bunday holatlarda zarurdir.

Noxush taʼsirlar kelib chiqishi sabablari maʼlum emas, ammo manbalar soʻzlariga koʻra, sinovlar ishtirokchisi tuzalishi kutilmoqda. Manbalar soʻzlariga koʻra, ushbu holat AstraZeneca vaktsinasi boʻyicha oʻtkazilayotgan boshqa tadqiqotlarga ham oʻz taʼsirini koʻrsatgan.

Klinik sinovlarning toʻxtashi qancha uzoq davom etishi hozircha maʼlum emas, deya taʼkidlanmoqda.

AQShda shuningdek, Moderna va Pfizer kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaktsinalari sinovlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular