"G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasi tashkil etiladi - prezident qarori

Obuna bo‘lish
Majmuaga tashrif buyurish uchun bir martalik chipta narxi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi

TOShKENT, 9 sen - Sputnik. "G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston prezidentining q a r o r i imzolandi. Hujjat matni O‘zAda keltirilgan.

Putin Lukashenko bilan birgalikda Rjev yaqinida Sovet soldati memorialini ochdilar - Sputnik O‘zbekiston
Umumiy g‘alaba ramzi: Rjev yaqinida sovet soldati xotirasiga yodgorlik ochildi — video

Quyidagilar Majmuaning asosiy vazifalari etib belgilanmoqda:

Ikkinchi jahon urushi janglarida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini ko‘rsatgan ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk G‘alabani ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasini ilmiy asosda o‘rganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning nomlarini abadiylashtirish;

O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, front ortidagi mehnat qahramonliklari, yurtimizga evakuatsiya va deportatsiya qilingan turli millat vakillari, xususan, bolalarning bag‘rikenglik bilan kutib olinishi va ularga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatilishi singari tarixiy voqealarni aks ettirish orqali yosh avlodning ma’naviy olamini yuksaltirish va keksa avlod bilan vorisiylik tuyg‘usini kuchaytirish, yuksak gumanizm, ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash;

Voyenniy parad v oznamenovanie 75-letiya Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Xuddi 1945-yildagidek: Bu yilgi G‘alaba paradi nima bilan esda qoladi?

xalqimizning tarixiy xotira bilan yashab, o‘tganlar xotirasini yod etishi, ularga hurmat bajo keltirishi, shuningdek, mazmunli dam olishi bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, mahorat darslari, ijodiy kechalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish;

Ikkinchi jahon urushi davriga oid xorijiy muzey ekspozitsiyalari va arxivlari fondlarini o‘rganish, O‘zbekiston xalqining g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini ilmiy asoslash uchun maqsadli, fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish hamda ularni keng jamoatchilikka taqdim etish;

“Shon-sharaf” davlat muzeyi fondlari va ekspozitsiyalarini Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq hujjatlar va boshqa eksponatlar bilan muntazam boyitib borish;

Moskvada G‘alaba paradi qanday o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek o‘g‘lonlari G‘alaba yubiley paradida - eng qiziqarli lahzalar

Ikkinchi jahon urushiga oid muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash, yangilarini aniqlash, to‘plash, ular haqidagi ma’lumotlarni nashrga tayyorlash, chop etish va ilmiy iste’molga kiritish;

urush davrida yurtdoshlarimizning jangovar va front ortidagi fidokorona xizmatlarini aks ettiradigan tarixiy xotirani mustahkamlash maqsadida ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda Majmuada ochiq darslar, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazishni, talabalarning malakaviy amaliyot o‘tashini tashkil etish;

Majmuada turistlar, tadqiqotchilar va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va uning turistik salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Voyennoslujashie stran bivshego SSSR na parade Pobedi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq SSSR mamlakatlari harbiylari Moskvadagi G‘alaba paradida

Majmua tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyasini takomillashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish hamda noan’anaviy ko‘rgazmalar yaratish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ushbu yo‘nalishdagi chet el muzeylari bilan ko‘rgazmalar tashkil etish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;

aholiga madaniy-dam olish xizmatlarini ko‘rsatish.

Majmuaga tashrif buyurish uchun bir martalik chipta narxi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.

Umumiy G‘alaba 9-may MDH davlatlarida qanday kutib olindi - Sputnik O‘zbekiston
Umumiy G‘alaba: 9 may MDH davlatlarida qanday kutib olindi - video

 

 

Majmua boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri bilan kelishilgan holda mudofaa vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

 

Majmua hududida esdalik sovg‘alari mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar faqat o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni sotadi va "Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi"ga kiritiladi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi bir oy muddatda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda Majmuani yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlaydi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Majmuaga ichki va tashqi sayyohlarni keng jalb etish choralarini ko‘radi.

 

Yangiliklar lentasi
0