18:33 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
82110

Ushbu holat joriy yil 3 avgust kuni koronavirus qayd etilgan 748 nafarlik koʻrsatkichdan oshganligi taʼkidlanmoqda.

TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda 10 sentyabr kuni 749 kishida koronavirus infektsiyasi aniqlandi, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.

Ushbu holat joriy yil 3 avgust kuni koronavirus qayd etilgan 748 nafarlik koʻrsatkichdan oshganligi taʼkidlanmoqda.

Shu bilan birga, Toshkent viloyatida 4 nafar, Toshkent shahrida 3 nafar, jami 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 45 679 nafar bemordan 42 555 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 93 %ni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 751 nafar bemordan 439 nafari ogʻir, 219 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda. 373 kishi infektsiya qurboniga aylangan.

Sal oldin SSV koʻcha, bozor va boshqa jamoat joylarida aksariyat fuqarolarning karantin, niqob taqish qoidalarini qoʻpollik bilan buzish holatlari koʻpayib borayotganidan havotirda ekanini bildirgan edi.

Asosiy mavzular