15:20 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
702 0 0

Har bir reysdan soʻng samolyot maxsus vositalar bilan yaxshilab tozalanadi, barcha yuzalar va ashyolarga ishlov beriladi. Dezinfektsiya havo kemasi sahnida ham, bagaj boʻlinmalarida ham amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. Uzbekistan Airways bosqichma-bosqich aviaqatnovlar tiklanayotgani munosabati bilan COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida havo kemasi sahnida koʻrsatiladigan servis xizmatlariga baʼzi bir oʻzgarishlar kiritishga majbur boʻlgani haqida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Kompaniya ilgari koʻrsatilgan xizmatlardan birortasi koʻrsatilmayotgan boʻlsa, buning uchun oldindan uzr soʻragan va "biz uchun muhimi – yoʻlovchilarimiz va ekipajimiz salomatligi", - deya qoʻshimcha qilgan.

Taʼkidlanishicha, barcha ekipaj aʼzolari parvozdan oldin majburiy tibbiy tekshiruvlar va harorat oʻlchovlaridan oʻtadilar. Butun parvoz davomida ular ham, barcha yoʻlovchilar singari niqob taqib, himoya qoʻlqoplarini kiyishadi.

Har bir reysdan soʻng samolyot maxsus vositalar bilan yaxshilab tozalanadi, barcha yuzalar va ashyolarga ishlov beriladi. Dezinfektsiya havo kemasi sahnida ham, bagaj boʻlinmalarida ham amalga oshiriladi.

Samolyotning yoʻlovchi boʻlinmasidagi havo yuqoridan pastga qarab aylanib yuradi, bu esa boshqa qatordagi yoʻlovchilardan biri aksirgan holda mikrotomchilarning boshqa yoʻlovchilarning nafas yoʻllariga tushishini istisno qiladi, niqoblardan foydalanish esa mikroqismlar tarqalishining oldini oladi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotlari virus va bakteriyalarning 99,97% ga yaqinini ushlab qoluvchi zamonaviy NERA-filtrlari bilan jihozlangan.

Suv, quloqchinlar, oziq-ovqat, shuningdek biznes klass uchun yoʻl va bolalar toʻplamlari alohida oʻramlarda beriladi. Kosher taomlaridan tashqari boshqa maxsus taomlarga oldindan buyurtma berish mumkin.

Bort jurnallari va matbuot nashrlari vaqtincha boʻlmaydi.

"Umid qilamizki, kiritilgan cheklovlar sizning parvozdan oladigan taassurotlaringizga taʼsir koʻrsatmaydi. Epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan, toʻliq servis xizmatlarini koʻrsatishga qaytamiz", - deyiladi xabarda.

Samolyot sahnida amal qilinishi lozim boʻlgan qoida va tavsiyalar:

- butun parvoz davomida yoʻlovchilar ogʻiz va burunni yopib turuvchi niqoblarni taqishlari shart (2 yoshgacha boʻlgan bolalardan tashqari);

- qoʻl yuki sifatida siz ayollar sumkasi, portfel, noutbuk, agar bolalar bilan sayohat qilayotgan boʻlsangiz, bolalar uchun kerak boʻladigan ashyolar solingan sumkani olishingiz mumkin. Boshqa barcha narsalar qatnovga roʻyxatdan oʻtilayotgan vaqtda bagajga topshirilishi shart;

- havo kemasiga chiqarish ijtimoiy masofa saqlagan holda amalga oshiriladi;

- agar yoʻlovchi parvoz paytida oʻzini yomon his qilsa (isitma, yoʻtal, tumov va boshqalar), zudlik bilan bortkuzatuvchini chaqirish tugmasini bosishi kerak. Ekipaj kasallik belgilari boʻlgan yoʻlovchiga qanday munosabatda boʻlishga oʻrgatilgan;

- parvoz paytida havo kemasi sahnida harakatlanishdan tiyilish tavsiya etiladi. Hojatxonaga tashrif buyurish uchun, uning boʻshligiga ishonch hosil qilish maqsadida yorugʻlik tablosiga eʼtibor qarating, hojatxona oldida navbat hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymang.

- samolyot yerga qoʻnganidan soʻng, ekipajning koʻrsatmasiga qadar oʻrindan turish man etiladi. Havo kemasidan tushish ham, xuddi unga chiqqandek, ijtimoiy masofaga amal qilgan holda amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular