18:59 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
189 0 0

Xabarda 2020—2021 yillar kuz-qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmi haqidagi maʼlumot ham keltirib oʻtilgan.

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Energetika vazirligi Namangan, Andijon va Fargʻona viloyatlarida gaz hamda elektr taʼminoti hajmi oshirilishini maʼlum qildi.

Energetika vazirligi matbuot xizmati maxsus shtab isteʼmolchilarni 2020—2021 yillarda kuz-qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash ishlarini tahlil qilish maqsadida Namangan, Andijon va Fargʻona viloyatlarida boʻlganini xabar qildi.

Xabarda 2020—2021 yillar kuz-qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmi haqidagi maʼlumot ham keltirib oʻtilgan.

Unga koʻra, Andijon viloyati isteʼmolchilari uchun tabiiy gaz 5,4 foizga, suyultirilgan gaz 70,8 foizga va elektr energiyasi 10,5 foizga;

Fargʻona viloyati isteʼmolchilariga tabiiy gaz 16,4 foizga, suyultirilgan gaz 48,6 foizga, elektr energiyasi 11,2 foizga;
Namangan viloyati isteʼmolchilariga tabiiy gaz 23,6 foizga, suyultirilgan gaz 52 foizga va elektr energiyasi 10,8 foizga oshiriladi.

Energetika vazirligining xabarida vodiy viloyatlarida elektr energiyasi, suyultirilgan gaz va tabiiy gaz bilan aholining umumiy taʼminlanganlik darajasi haqidagi tumanlar kesimidagi axborot berilmagan. Foiz koʻrsatkichida ushbu oʻzgarishlardan keyin aholining energetika resurslari bilan taʼminlanganlik darajasi qanday boʻlishi haqida maʼlumot yoʻq.

Asosiy mavzular