15:23 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
206 0 0

Qirgʻiziston Respublikasiga chiqqan hamda faqatgina ushbu mamlakat hududida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari respublikaga qaytib kirgandan soʻng karantin nazoratiga olinmaydi

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Hozirda Oʻzbekiston bilan muntazam aviareyslarni tiklash boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Qirgʻiziston respublika shtabi xabar bergan.

Reyslar 14 sentyabrdan boshlab Toshkent - Bishkek - Toshkent yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiriladi.

Aviakompaniyalar ushbu yoʻnalishda aviachiptalar sotuvini boshladi. Toshkentga parvozlar haftada bir marta amalga oshiriladi.

Qirgʻiziston 17 sentyabrdan boshlab Qozogʻiston bilan ham parvozlarni tiklashni rejalashtirgan. Olmaota - Bishkek - Olmaota yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi, keyinchalik ularning soni koʻpayadi.

2020 yil 1 sentyabridan boshlab Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi avtoyoʻl oʻtkazish punktlariga nisbatan kirib-chiqish boʻyicha cheklovlar sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda bekor qilindi.

Unga koʻra, quyidagi tartib joriy etildi:

Oxirgi 14 kun Qirgʻiziston Respublikasida boʻlib turgan yoki soʻnggi 72 soat davomidagi koronavirus infektsiyasiga PZR test tekshiruvining manfiy natijalari toʻgʻrisida maʼlumotnomasi mavjud boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganda karantin nazoratiga olinmaydi;

Qirgʻiziston Respublikasiga chiqqan hamda faqatgina ushbu mamlakat hududida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari respublikaga qaytib kirgandan soʻng karantin nazoratiga olinmaydi;

mazkur bandning 3 va 4 xatboshisida belgilangan holatlardan tashqari barcha vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasiga kirib keluvchi shaxslar oʻrnatilgan tartibda karantin nazoratiga olinadi.

Asosiy mavzular