13:44 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)
490 0 0

Shu bilan birga, keksa yoshdagi ikki bemor ayol koronavirus oqibatida vafot etishgan. Jami qurbonlar soni 384 nafarga yetgan

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda 12 sentyabr soat 17:00 holatiga koʻra yangi turdagi koronavirus - "COVID-19"ga chalinganlar soni 46 721 nafarga yetdi, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Shu bilan birga, mamlakatning 10ta hududida 336 nafar bemor infektsiyadan sogʻayishga muvaffaq boʻlgan.

Yangi kasallanish holatlarining 198 nafari Toshkent shahrida hamda 25 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, ikki keksa yoshdagi bemor ayollar koronavirus oqibatida vafot etishgan. Jami qurbonlar soni 384 nafarga yetgan.

Sogʻayish koʻrsatkichi 93 foizni tashkil qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, butun dunyoda koronavirusga chalingan bemorlar soni 28 milliondan oshgan. COVID-19 oqibatida 906 ming inson vafot etgan. Eng koʻp kasallanganlar AQShda — 6,3 million bemor. Infektsiya eng koʻp tarqalgan davlatlar oʻntaligidan shuningdek, Hindiston, Braziliya, Rossiya, Peru, Kolumbiya, Meksika, JAR, Ispaniya va Argentina oʻrin olgan.

Oʻzbekiston MDH hududida bemorlanganlar soni boʻyicha toʻrtinchi oʻrinda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)

Asosiy mavzular