23:13 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
441 0 0

Koʻngillilar shuningdek, emlanishdan uch kun oldin alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechganlari maʼqul, tadqiqot davomida esa ularga spirtli ichimliklarni meʼyordan ortiq darajada isteʼmol qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. "Sputnik V" vaktsinasining roʻyxatdan olingandan keyingi tadqiqotlarida ishtirok etayotgan ayollar homilador boʻlish tavsiya etilmaydi, bundan tashqari, barcha koʻngillilar alkogol mahsulotlaridan voz kechmoqlari lozim, deyiladi klinik tadqiqotlar protokolida. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Agar siz tadqiqotlarda ishtirok etishga qaror qilgan boʻlsangiz, u holda, u oʻtkazilayotgan vaqtda homilador boʻlish, bolani koʻkrak suti bilan emizish, shuningdek, emlab boʻlingandan soʻng uch oy davomida tuxumhujayrasi donori boʻlish tavsiya etilmaydi", - deya aniqlik kiritiladi hujjatda.

Homilador boʻlganlar oʻsha paytning oʻzidayoq vaktsinatsiyadan chetlatiladi va kuzatuv ostiga olinadi.

Oʻz navbatida, erkaklarga ayolni homilador qilishdan saqlanish va vaktsinatsiya jarayoni yakunlanganidan soʻng uch oy vaqtgacha sunʼiy urugʻlantirish uchun sperma topshirmaslik tavsiya etiladi.

Koʻngillilar shuningdek, emlanishdan uch kun oldin alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechganlari maʼqul, tadqiqot davomida esa - spirtli ichimliklarni meʼyordan ortiq darajada isteʼmol qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.

Chekuvchilardan kuniga oʻn dona sigaret bilan cheklanish soʻralmoqda.

Privivka och qoringa amalga oshiriladi, ishtirokchilar salomatlik elektron kundaligini tutishlari kerak boʻladi. Kundalikka maʼlumotlar kamida oʻn besh marta kiritilgan boʻlishi shart.

Eslatib oʻtamiz, avgust oyi boshida Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi Rossiya toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar fondi koʻmagida Gamaleya nomidagi markaz mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 ga qarshi dunyodagi birinchi vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazgan edi. Preparat "Sputnik-V" nomini oldi.

Oʻtgan haftada vaktsina fuqarolik oborotiga kiritildi, shuningdek, bir vaqtning oʻzida 30 ming koʻngillilarni oʻz ichiga olgan uchinchi klinik tadqiqotlar fazasi boshlandi. RF Sogʻliqni saqlash vazirligi taʼkidiga koʻra, ommaviy emlash ishlari ishlab chiqarish hajmi koʻpayishi hamda roʻyxatdan olingandan keyingi tadqiqotlar boʻyicha maʼlumotlar ortib borishi bilan boshlanadi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular