Talabalikka imtiyozli qabul qilinganlar ro‘yxati tasdiqlandi

© AFP / YURI KORSUNTSEVUzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente
Uzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat granti asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilinadi

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Davlat komissiyasi imtiyozli asosda talabalikka qabul qilinganlarni tasdiqladi, ular orasida sportchilar ham bor.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Kunduzgi shaklda o‘qiydigan barcha talabalarga 10 % chegirma beriladi

O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining bayoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, Xalqaro va Respublika olimpiadalari g‘oliblari, Zulfiya mukofoti sovrindorlari, sport musobaqalari g‘oliblari shuningdek, Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitserlar, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi, harbiy xizmatni o‘tashda halok bo‘lgan, shuningdek, harbiy xizmatni o‘tashda yarador bo‘lgan, kontuziya, shikast olish natijasida nogiron bo‘lib qolgan yoki kasalliklarga duchor bo‘lgan harbiy xizmatchilarning tegishli tavsiyanomalarga ega farzandlari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat granti asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilinadi.

Studenti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada chet ellik talabalarning ishlashi osonlashdi - yangi qonun

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining "2020-2021-yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati So‘x tumanining sport sohasidagi oliy ma’lumotli trenerlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida So‘x tumaniga 2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining "Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)" bakalavriat ta’lim yo‘nalishining maxsus sirtqi ta’lim shakliga 7 ta maqsadli qabul ko‘ʻrsatkichlari ajratildi.

Studenti - Sputnik O‘zbekiston
Sentabrda xorijlik birinchi bosqich talabalari Rossiyaga kirishi mumkin

Sport vazirligi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yana-da takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va ParaOsiyo o‘yinlari, O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor (1-3-o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga (tibbiyot bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan tashqari) belgilangan qabul parametrlaridan tashqari qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1 000 talik ro‘yxatdan joy olgan Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalaridan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha murojaat etgan 1 043 nafar fuqaroning murojaatlari qondiriladi.

Yangiliklar lentasi
0