06:55 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
25910

Xabarda aytilishicha, nomaʼlum shaxslar Jondor tumanida yashovchi xonadon sohibining uyidan 580 ming soʻmlik uy-roʻzgʻor buyumlarini oʻgʻirlab ketganlar.

TOSHKENT, 18 sen - Sputnik. Buxoroning Jondor tumanida Reks laqabli xizmat iti yordamida oʻgʻirlik jinoyati fosh etildi.

Xabarda aytilishicha, nomaʼlum shaxslar Jondor tumanida yashovchi xonadon sohibining uyidan 580 ming soʻmlik uy-roʻzgʻor buyumlarini oʻgʻirlab ketganlar.

Ushbu holat yuzasidan tezkor tergov guruhi tarkibida voqea joyiga chiqqan viloyat IIB Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya xizmati kichik inspektor-kinologi Ashraf Qilichov, oʻziga biriktirilgan "Reks" laqabli xizmat iti yordamida ushbu jinoyatni issiq izida fosh etgan.

Natijada mazkur jinoyatni sodir qilgan M.T. qoʻlga olinib, unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JK.ning 169-m. 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular