05:35 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
241 0 0

ozircha taʼtil kunlariga oʻzgartirish kiritish rejalashtirilmagan, taʼtil kunlarining oʻzgarishi zaruriyati yuzaga kelganda Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi va bu haqda keng jamoatchilik xabardor qilinadi.

TOSHKENT, 18 sen - Sputnik. Amaldagi tartibga koʻra oʻquv yili 2 sentyabrdan 25 mayga qadar davom etadi. Oʻquv yil 34 xaftadan iborat 4 ta chorakka boʻlinadi, har bir chorak oraligʻida taʼtillar belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yilda tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, taʼtil kunlari quyidagicha belgilangan:

kuzgi taʼtil- 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

qishqi taʼtil- 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

bahorgi taʼtil - 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;

yozgi taʼtil - 26 maydan- 1 sentyabrga qadar davom etadi.

1-sinf oʻquvchilari uchun esa fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi.

Maʼlumki, pandemiya sharoitida oʻquv yili 14 sentyabrdan boshlandi. Hozircha taʼtil kunlariga oʻzgartirish kiritish rejalashtirilmagan, taʼtil kunlarining oʻzgarishi zaruriyati yuzaga kelganda Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi va bu haqda keng jamoatchilik xabardor qilinadi.

Asosiy mavzular