21:47 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
559 0 0

JAL Business Aviation aviakompaniyasi vakillari Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirib, Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida turistik oqimni oshirish orqali hamkorlikni tashkil qilishni taklif qildi.

TOSHKENT, 18 sen - Sputnik. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida Yaponiyaning Marubeni kompaniyasining Oʻzbekistandagi vakolatxonasi rahbari Nagaxito Miyosi bilan uchrashuv oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Turizm qoʻmitasi matbuot-xizmati.

Uchrashuvda tomonlar Marubeni va Japan Airlines (JAL) kompaniyalariga tegishli JAL Business Aviation aviakompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonga Yevropa va dunyoning boshqa mamlakatlaridan charter, jumladan VIP charter reyslarini tashkil qilish va ularni sonini koʻpaytirish masalalarini muhokama qilishdi.

Aviakompaniya vakillari Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirib, Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida turistik oqimni oshirish orqali hamkorlikni tashkil qilishni taklif qildi.

Mazkur masala yuzasidan Qoʻmita raisi oʻrinbosari Ulugʻbek Azamov va aviakompaniya vakillari mahalliy turoperatorlar bilan uchrashuv tashkil qilishga kelishishdi.

Uchrashuvda avia-kompaninyaning Londondagi ofisi hamkorligida Yevropa mamlakatlaridan Oʻzbekistonga charter reyslarini yoʻlga qoʻyish taklifi koʻtarilib, ushbu tashabbus Yaponiyalik hamkorlar tomonidan maʼqullandi va pandemiya bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashishi bilan erishilgan kelishuvlar yuzasidan tez orada tashkiliy ishlarni amalga oshirilishi bildirildi.

Maʼlumot uchun, Marubeni Yaponiyaning 5 ta eng yilik turli xil faoliyat bilan shugʻullanuvchi kompaniyalaridan biri hisobdanadi. Yaponiyada 30 ta boʻlim va dunyoning 79 mamlakatida 158 ta ofisi mavjud. Japan Airlines (JAL) kompaniyasi Osiyoning eng yirik aviakompaniyalaridan biridir. Kompaniya dunyo boʻyicha 120 dan ortiq aeroportlarda doimiy ichki va xalqaro tashishlarni amalga oshiradi. JAL Business Aviation kompaniyasi premium toifadagi mijozlarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan aviakompaniya hisoblanadi.

Asosiy mavzular