22:42 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
524 0 0

Ushbu koʻrsatib oʻtilgan davlatlarga reyslar oʻzarolik asosida haftada bir marta amalga oshiriladi, deya aniqlik kiritishdi shtabda.

TOSHKENT, 19 sen — Sputnik. Rossiya 21 sentyabrdan Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Belarus bilan avia-qatnovlarni qayta tiklamoqda, deb maʼlum qildi jurnalistlarga koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish tezkor shtabi vakili.

"Yigʻilish yakunlariga koʻra, 21 sentyabrdan Qozogʻiston (Nur-Sulton), Qirgʻiziston (Bishkek) va Belarus (Minsk) bilan oʻzaro kelishuv asosida xalqaro avia-qatnovlarni qayta tiklash qarori qabul qilindi", - deyiladi xabarda.

Ushbu koʻrsatib oʻtilgan davlatlarga reyslar oʻzarolik asosida haftada bir marta amalga oshiriladi, deya aniqlik kiritishdi shtabda.

Bundan tashqari, shtab 27 sentyabrdan Janubiy Koreya bilan aviaqatnovlar qayta tiklanayotgani haqida xabar berdi. Koreya Respublikasi bilan ham reyslar haftasiga bir marta amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular