06:13 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
241 0 0

Taʼlim shaharlari global tarmogʻiga 26 mamlakatdan 54 yangi aʼzo ham qabul qilingan. Yangi qabul qilingan shaharlar tashkilot faoliyatida ishtirok etishlari va oʻzlarining taʼlim shaharlari sifatida erishgan yutuqlarini aks ettiradigan ikki yillik hisobot tayyorlashlari lozim.

TOSHKENT, 23 sen - Sputnik. YUNESKO tomonidan onlayn tashkil etilgan sessiyasida Oʻzbekistondan yagona Fargʻona shahri dunyoning eng oʻqimishli shaharlar roʻyxatiga kiritildi, deb xabar bermoqda Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmati.

Shuningdek, Taʼlim shaharlari global tarmogʻiga bundan tashqari 26 mamlakatdan 54 yangi aʼzo ham qabul qilinganligi aytilmoqda.

"Mazkur shaharlar uzluksiz taʼlimni mahalliy darajada rivojlantirish mumkinligining yorqin namunasidir. Ular uzluksiz taʼlimning samarali siyosati va amaliyoti inklyuziv, xavfsiz, sifatli va barqaror shaharlarning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashi va tashkilotning 2030 yilga oid dasturiga oʻz hissasini qoʻshishi mumkinligini isbotladi. Yangi aʼzolar YUNESKO Taʼlim shaharlari global tarmogʻi tarkibida mavjud shaharlar umumiy sonini 64 mamlakatda 230 taga yetkazmoqda", - deyiladi xabarda.

YUNESKOning Uzluksiz taʼlim instituti (UIL) tarmoq muvofiqlashtiruvchisi sifatida tegishli mamlakatlarda YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyalar tomonidan nomzodlar berilgandan soʻng yangi aʼzolarni qabul qildi. Shahar hokimi va maʼmuriyatining uzluksiz taʼlimga oid qatʼiy majburiyati taʼlim shahriga aylanishning asosiy shartidir.

YUNESKO Taʼlim shaharlari global tarmogʻi potentsial aʼzolari ariza berish jarayonida jamiyatda barcha uchun uzluksiz taʼlim imkoniyatlarini taqdim etish boʻyicha aniq tasavvurni namoyish etishlari kerak. Yangi qabul qilingan shaharlar tashkilot faoliyatida ishtirok etishlari va oʻzlarining taʼlim shaharlari sifatida erishgan yutuqlarini aks ettiradigan ikki yillik hisobotni tayyorlashlari lozim. 

Uzluksiz taʼlim instituti direktori Devid Achoarenaning soʻzlariga koʻra, koronavirus pandemiyasi kelajak uchun yanada barqaror taʼlim tizimlarini yaratish zarurligini koʻrsatdi. Insoniyatning yarmidan koʻpi shaharlarda yashagani sababli, shaharlar bu islohotlarning markazida boʻlishi lozim.

Asosiy mavzular