"Talabalikka tavsiya etildingiz": DTM mandat qachon e’lon qilinishini aytdi

© AFP / YURI KORSUNTSEVUzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente
Uzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda barcha oliy ta’lim muassasalaridan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari yagona bazaga yig‘ilmoqda va bu natijalar test sinovlari natijalari bilan birga hisoblanmoqda.

TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Davlat test markazi tomonidan barcha abituriyentlarning test sinovida to‘plagan natijalari bo‘yicha ishlar yakuniga yetgan. Bu haqda DTM matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Abituriyenti gotovatsya sdavat vstupitelnie ekzameni - Sputnik O‘zbekiston
Test savollarini rasmga olib tarqatgan abituriyentlar natijasi bekor qilinadi - DTM

Xabarda imtihon natijalari nega kechiktirilgani sabablari ham keltirib o‘tilgan.

"...joriy yilda ko‘plab imtiyozlar (harbiy xizmatchilarning farzandlari, IIV organi xodimlari farzandlari, harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi, xotin-qizlar va So‘x tumani uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari va boshqalar) ham test sinovlari orqali talabalikka qabul qilinadigan ta’lim yo‘nalishlariga, ham kasbiy (ijodiy) imtihon orqali qabul qilinadigan ta’lim yo‘nalishlariga tatbiq etilayotganligi hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlar 20-sentabrga qadar davom etganligi sababli, tanlov natijalarini hisoblash ishlari endi yakunlanmoqda", - deyiladi izohda.

Qayd etilishicha, hozirda barcha oliy ta’lim muassasalaridan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari yagona bazaga yig‘ilmoqda va bu natijalar test sinovlari natijalari bilan birga hisoblanmoqda.

Mazkur jarayon yakuniga yetgach, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0