Toshkentda noqonuniy Bitcoin sotuvchisi qo‘lga olindi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishSuvenirnaya moneta kriptovalyuti bitkoyn
Suvenirnaya moneta kriptovalyuti bitkoyn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbir yakunida T.T.dan elektron pul birliklari sotuvidan tushgan 402 071 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

TOShKENT, 26 sen - Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkentda kriptovalyuta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxslar faoliyati fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Bitkoin - Sputnik O‘zbekiston
Bitkoin yangi dunyo valyutasiga aylanmoqdami?

Xabarda aytilishicha, fuqaro T.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida, litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat turi bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanishgan.

Ular boshqa shaxsga "1V" (Bitcoin) elektron pul birligini 10 463 AQSh dollaridan hisoblab, "20V" (Bitcoin) elektron pul birligini o‘zining 7% lik ustamasi bilan hisoblab jami 224 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir yakunida T.T.dan elektron pul birliklari sotuvidan tushgan 402 071 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi va 190-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0