06:10 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
262 0 0

Eslatib oʻtamiz, sal oldin Oʻzbekistonda Rossiya maʼnaviy madaniyati kunlari oʻtkazilishi haqida xabar bergan edik.

TOSHKENT, 26 sen - Sputnik. Rossiyaning bir nechta hududlarida "Made in Uzbekistan" milliy mahsulotlar xalqaro koʻrgazmalari tashkil etiladi, deb xabar qildi "Yuksalish" telegram kanali.

Xususan, 26 oktyabr—1 noyabr kunlari Samarada; 23—24 noyabr kunlari Sankt-Peterburgda; 1—2 dekabr kunlari Qozonda; 15—16 dekabr kunlari Moskvada boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin Oʻzbekistonda Rossiya maʼnaviy madaniyati kunlari oʻtkazilishi haqida xabar bergan edik.

Loyihadan yosh artistlar va xalqaro musobaqalar gʻoliblari ijrosida oʻtkaziladigan mumtoz musiqa kontsertlari, rus madaniyati va maʼnaviyatining eng yorqin va boy merosi namunalarini aks ettiradigan koʻrgazmalar, Rossiya va Oʻzbekistonning madaniy va maʼnaviy birligiga bagʻishlangan ikkiyoqlama anjuman, davra suhbati, fotokoʻrgazma va xor jamoalari chiqishlari oʻrin olgan.

Rossiya maʼnaviy madaniyati kunlari tadbirlarida ishtirok etish uchun Toshkentga ikki mamlakatning madaniy aloqalarini oʻrganishga jalb qilingan yetakchi madaniyat, ilm-fan arboblari, jamgʻarmalar va tashkilotlar direktorlaridan iborat Rossiya delegatsiyasini yuborish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tadbirlarda madaniyat vazirlari va Rossiya regionlaridagi muassasalar rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular