22:35 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
380 0 0

Atambayev yil davomida sud va tergov harakatlarini inkor qilib, roʻy berayotgan voqealarni "hukumat uni ham jalb qilmoqchi boʻlayotgan oʻyin" deya atab, barcha savollarni javobsiz qoldirib kelayotgan edi.

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Qoʻy-Toshdagi voqealar boʻyicha sud jarayonida ishtirok etadi, bu haqda Sputnik Qirgʻizistonga Atambayevning advokati maʼlum qilgan.

Advokat sudyadan sud jarayonida Atambayev ishtirok etishi uchun uning yetkazilishini taʼminlashni soʻragan. Sudya Marat Sidikov advokatning iltimosnomasini qanoatlantirgan. Sobiq davlat rahbari 2 oktyabr kuni sudga olib boriladi.

Atambayev yil davomida sud va tergov harakatlarini inkor qilib, roʻy berayotgan voqealarni "hukumat uni ham jalb qilmoqchi boʻlayotgan oʻyin" deya atab, barcha savollarni javobsiz qoldirib kelayotgan edi.

Atambayevning fikricha, unga immunitet beradigan sobiq prezident maqomini undan noqonuniy olib tashlashgan.

 

Asosiy mavzular