20:58 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
1059 0 0

Yogʻinlar asosan yomgʻir koʻrinishida, harorat keskin soviganda yomgʻirning qorga qisqa muddatli oʻtishi ehtimoli bor.

TOSHKENT, 1 okt - Sputnik. Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, oktyabr oyi harorat rejimi va yogʻinlar miqdori boʻyicha oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻlishi kutilmoqda, biroq ayrim joylarda yogʻingarchilik meʼyordan ortiq boʻlishi mumkin.

"1-5 oktyabr kunlari butun respublika boʻyicha ob-havoning kam bulutli va yogʻingarchiliksiz boʻlishi kutilmoqda. Shamol asosan sharqiy yoʻnalishda esadi va kuchsizdan oʻrtachagacha oʻzgarishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, shimolda 2-7 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja boʻladi", - deyiladi xabarda.

Iqlimiy meʼyorlarga koʻra, oktyabrda Oʻzbekistonning janubiy viloyatlarida 3 dan 5 gacha, qolgan hududlarda 5 dan 7 gacha yogʻingarchilikli kunlar boʻladi. Yogʻinlar asosan yomgʻir koʻrinishida, harorat keskin soviganda yomgʻirning qorga qisqa muddatli oʻtishi ehtimoli bor. Toshkentda soʻnggi marta 2018 yilda yomgʻirning qorga oʻtishi qayd etilgan.

Oʻrtacha koʻp yillik tungi harorat 6-11 daraja iliqni tashkil qilsada, biroq koʻpincha oktyabrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida, ilk kuzgi ayoz kuzatiladi.

Oktyabrda kunduzgi harorat 23-28 darajadan 10-15 daraja iliqqacha oʻzgarib turadi.

Taʼkidlanishicha, baʼzan amaldagi harorat va yogʻinlar miqdori koʻp yillik davr uchun oʻrtachalashtirilgan qiymatlardan ancha farq qilishi mumkin.

Toshkentda, masalan, meteorologik kuzatuvlarning yuz yillik tarixida ayrim yillarda oktyabrdagi eng yuqori harorat 33-36 daraja issiqni tashkil qilgani qayd etilgan. Oktyabr haroratining absolyut maksimumi 37,5 daraja boʻlib, bu rekord 1941 yilga tegishli.

Toshkent uchun oktyabr oyidagi eng past harorat 11,2 daraja sovuqni tashkil qiladi va bu koʻrsatkich ancha oldin — oʻtgan asrning boshida qayd etilgan. Oxirgi 20 yil ichida Toshkentdagi minimal harorat 1-2 daraja sovuqdan past boʻlmagan.

Oʻzbekistonda Yangi yil oqshomida nega qor yogʻmayapti? Sinoptiklar javobi >>>

2015 yil oktyabrida poytaxtimizda eng koʻp yogʻigarchilik boʻlgani qayd etilgan. Oʻshanda yoqqan yogʻinlar miqdori oktyabr oyi meʼyoridan 3,5 marta koʻp boʻlgan.

2002 yil oktyabrida esa Toshkentda umuman yogʻingarchilik kuzatilmagan.

Asosiy mavzular