Tojikiston va Afg‘oniston Markaziy Osiyoning yirik darolarini qo‘riqlaydi

© AP Photo / Massoud HossainiAmudarya
Amudarya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston Afg‘oniston bilan Panj va Amudaryo havzasining tog‘ ekotizimi atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida memorandum imzolandi, deb xabar bermoqda BMT Xabarlar xizmati.

Flagi Uzbekistana i Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston
Aripov o‘z vaqtida suv yetkazib berilgani uchun Tojikistonga minnatdorlik bildirdi

Ikki mamlakat o‘rtasidagi yangi hujjat Panj va Amudaryo havzalarining umumiy tog‘ ekotizimini muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarga asos bo‘lib xizmat qiladi.

"Bitim Afg‘oniston va Tojikistonga iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan qarorlarni birgalikda qabul qilish imkoniyatini beradi. Umid qilamizki, kelajakda ushbu hamkorlik Amudaryo havzasining boshqa mamlakatlarida ham davom etadi", dedi YuNEPning ofatlar va mojarolar masalalari bo‘yicha dasturi rahbari Garri Lyuis.

Imzolangan bitim besh yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u beshta asosiy masalani o‘z ichiga oladi: iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillikni saqlash, suv sifatini monitoring qilish, atrof-muhitni baholash va ekotizimlarni boshqarish bo‘yicha bilim va tajriba almashish.
Ta’kidlash joizki, mamlakatlar o‘rtasidagi muzokaralar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi (YuNEP) ko‘magida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi shafeligida o‘tkazildi.

Xususan, mamlakatlar qo‘shma loyihalarni ekologik baholashlari va atrof-muhitga transchegaraviy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan taqdirda bir-birlarini xabardor qilishlari shart.

 

Yangiliklar lentasi
0