TOSHKENT, 3 okt - Sputnik. 2 oktyabrdan Toshkent shahrida 276 ta umumtaʼlim maktabida anʼanaviy darslar yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar XTBB matbuot xizmati.
Avvalroq, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, oʻqituvchilarni koronavirus koʻrsatkichi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashlarining tegishli qarorlari bilan pandemiya sharoitida Toshkent shahridagi umumtaʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlarini bosqichma-bosqich 2020 yil 14 sentyabrdan 268 ta taʼlim muassasalari anʼanaviy tarzda oʻz faoliyatini boshlagani toʻgʻrisida xabar bergan edik.
2020 yil 2 oktyabr holatiga Toshkent shahridagi 318 ta umumtaʼlim muassasalaridan quyidagi 276 tasi anʼanaviy tarzda faoliyat koʻrsatadi:
Toshkent shahridagi boshqa umumiy oʻrta taʼlim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, oʻz faoliyatini anʼanaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, yaʼni "Onlayn-maktab" loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashgʻulotlarini amalga oshiradi.
Fursatdan foydalanib, yana bir bor ota-onalardan mazkur jarayonga masʼuliyat bilan yondoshishlarini, anʼanaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qatʼiy rioya qilish, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini soʻrab qolamiz.