TOSHKENT, 3 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 57 924 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari beshta hududda: Toshkent shahrida, Toshkent, Jizzax, Samarqand va Namangan viloyatlarida aniqlangan.
Infektsiyani yuqtirish holatlari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli tufayli yuz bergan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda Oʻzbekistonda 54 456 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sogʻaygan.
Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2 oktyabr holatiga dunyoda COVID-19ga chalinganlar soni 34 milliondan oshgan. Bir milliondan ziyod inson infektsiya qurboniga aylangan.
BSST bosh direktori Adanom Gebreyesusning Jenevada qilgan bayonotiga koʻra, dunyo boʻyicha har hafta taxminan 2 million inson koronavirus infektsiyasini yuqtirib olmoqda.