23:04 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
460 0 0

Yangi hujjat, shuningdek, Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari – Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimi joriy etilishini koʻzda tutadi

TOSHKENT, 3 okt - Sputnik. Sogʻliqni saqlash xodimlariga koʻp yillik mehnati uchun ustama toʻlanadi. Bu haqda prezidentning "Sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida aytilgan.

Hujjatga koʻra:

* Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari – Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimi joriy etildi;

* Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimi tugatildi.

Qarorga muvofiq:

* Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi va viloyat hokimlari bilan kelishilgan holda;

* hududiy tibbiyot muassasalari rahbarlari esa sogʻliqni saqlash vaziri hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi va viloyat hokimlari bilan kelishilgan holda viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.

2020 yil 1 noyabrdan Sogʻliqni saqlash vazirligi va hududiy boshqaruv organlari xodimlariga quyidagi miqdorda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):

- 1 yildan 3 yilgacha – 0,3; 3 yildan 5 yilgacha – 0,6; 5 yildan 10 yilgacha – 0,8; 10 yildan 15 yilgacha – 1; 15 yildan 20 yilgacha – 1,2; 20 yildan yuqori – 1,5.

Asosiy mavzular