21:28 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
82 0 0

Ikki davlat vakillari ichki ishlar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ilgʻor texnologiyalarni joriy etish lozimligi muhokama qildi.

TOSHKENT, 7 okt - Sputnik. Oʻzbekiston IIV va Hindiston elchixonasi harbiy attashesi oʻrtasida hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi.

"Joriy yilning 5 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasida Vazirlik Moddiy-texnika taʼminoti, Moliya-iqtisod va Xalqaro hamkorlik boshqarmasi masʼul xodimlari bilan Hindiston elchixonasi harbiy attashesi Nipuna Anand oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi", - deyiladi xabarda.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi koʻplab sohalardagi xalqaro hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotgani taʼkidlab oʻtilgan.

Idoralar oʻrtasidagi moddiy-texnika sohasidagi oʻzaro manfaatli shartnomalar hamda ichki ishlar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ilgʻor texnologiyalarni joriy etish lozimligi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tomonlar davlat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, yaqin kelajakda oʻzaro tajriba almashish va mavjud hamkorlikni qonuniy mustahkamlash uchun amaliy tashriflar tashkil etish masalasi yuzasidan fikr almashdilar.

Asosiy mavzular