22:01 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
139 0 0

Mukofot dunyoda ochlikka qarshi olib borilayotgan kurash uchun berilgan. Ochlik faqatgina oʻldirmaydi: odamlar oʻlmagan taqdirda ham, ochlik immun tizimini zaiflashtiradi va insonni kasalliklar oldida ojizga aylantiradi, deyiladi dastur saytida.

TOSHKENT, 9 okt - Sputnik. Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotini, 2020 yilda, global iqtisodiy inqiroz davrida BMT oziq-ovqat dasturi qoʻlga kiritdi.

Tashkilot saytida aytilishicha, "oziqlanish nihoyatda muhim global muammoligicha qolmoqda: har yil ochlikdan oʻladigan norasidalar soni OITS, malyariya, sil kasalliklari qurbonlari yigʻindisiga qaraganda ancha koʻpdir".

Dastur ishtirokchilariga koʻra, soʻnggi yillarda dunyoning har bir burchagida oziqlanish masalasiga juda katta eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, The Lancet tibbiyot jurnalida 2008 va 2013 yillarda onalar va bolalar oziqlanishi masalalari boʻyicha turkum maqolalar eʼlon qilinib, ularda toʻyib ovqatlanmaslikning ulkan tibbiy va iqtisodiy oqibatlari koʻrsatib oʻtilganidan soʻng ushbu masalaning ahamiyati yanada ortgan edi.

Ochlik faqatgina oʻldirmaydi: odamlar oʻlmagan taqdirda ham, ochlik immun tizimini zaiflashtiradi va insonni kasalliklar oldida ojizga aylantiradi, deyiladi dastur saytida.

"Ochlik - bir vaqtning oʻzida qashshoqlik va notenglik omillarining ham natijasi ham harakatlantiruvchi omilidir", - deya taʼkidlashadi BMT Butunjahon oziq-oqat dasturi tashkilotchilari.

Dasturning maqsadi - 2030 yilga borib toʻyib ovqatlanmaslik muammosiga yechim topishdir.

Butunjahon oziq-ovqat dasturi

Butunjahon oziq-ovqat dasturi (World Food Programme (WFP) — och qolgan insonlarni har yili 4 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaydigan dunyodagi eng yirik insonparvarlik tashkilotidir.

Tashkilot 1963 yilda BMT tizimida oziq-ovqat koʻmagi organi sifatida tashkil etilgan. Uning vazifasi rivojlanayotgan davlatlarda ochlik va kambagʻallikka qarshi kurashib, muhtojlarga yordam koʻrsatishdan iborat.

Tashkilot oziq-ovqat boʻyicha yordamlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga yordam berish maqsadlarida sarflaydi.

Asosiy mavzular