TOSHKENT, 10 okt - Sputnik. Mushaklardagi ogʻriq, kuchli holsizlik va tovondagi pufakchalar koronavirus bilan infektsiyalanganlikdan darak berishi mumkin. Bu haqda Daily Mail britaniyalik olimlarning Favqulodda holatlar boʻyicha ilmiy maslahatlashuv guruhi uchun tayyorlangan dokladiga tayangan holda xabar bermoqda.
Mutaxassislar taʼkidiga koʻra, virus alomatlari turlicha namoyon boʻlishi mumkin, bu virusga chalinganlar yoshi va organizm xususiyatiga bogʻliq boʻladi.
Buyuk Britaniya sogʻliqni saqlash vazirligi test markazlari ishini yanada qiyinlashtirmaslik uchun yangi simptomlarni COVID-19 indikatorlari roʻyxatiga kiritib oʻtirmadi.
Hozirda mamlakatda kasallikning rasman tan olingan uchta belgisi mavjud: bu yuqori temperatura, davomli yoʻtal va taʼm sezish qobiliyatining oʻzgarishi yoki yoʻqolishi.
Britaniyada pandemiya boshlanganidan buyon 570 mingta koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan, 42 mingdan ziyod odam vafot etdi.