TOSHKENT, 10 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 60 681 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.
Yangi kasallanish holatlari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida aniqlangan. Shu bilan birga 7 hududda 257 nafar bemor koronavirusdan sogʻaygan, 1 bemor vafot etgan.
Ayni paytda mamlakatda 57 587 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sogʻaygan.
Ayni vaqtda dunyoda koronavirusga chalingan bemorlar soni 37 milliondan oshgan, qurbonlar 1 milliondan ortiqni tashkil etmoqda.