03:54 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
219 0 0

Havo harorati kechasi 8-10 daraja atrofida, kunduzi 23-25 daraja boʻladi. Bunday harorat iqlimiy meʼyordan 4-5 darajaga yuqoridir

TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. Bugun va dam olish kunlari xorijiy janubdan quruq va issiq havoning kirishi davom etadi, Oʻzbekiston hududida ob-havo kam bulutli boʻladi, deb xabar qilmoqda Oʻzgidromet.

Havo harorati kechasi 8-10 daraja atrofida, kunduzi 23-25 daraja boʻladi. Bunday harorat iqlimiy meʼyordan 4-5 darajaga yuqoridir.

Oʻzbekistonda oktyabr oʻrtasining ob-havosi har xil boʻladi.

Shunday 2012, 2016 va 2018 yillarda kechasi havo harorati ayozlargacha pasaygan, kunduzi esa termometr ustunchasi 6-8 daraja iliqdan koʻtarilmagan.

2008, 2010, 2011, 2017 yillarda oktbr oʻrtasida eng issiq ob-havo kuzatilgan — kunduzi harorat 28-30 darajaga koʻtarilgan. Oktyabrning shu kunlari uchun maksimal harorat rekordi 32-34 darajani tashkil etadi.

Asosiy mavzular