04:53 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
199 0 0

Joriy yilning 19 oktyabridan eʼtiboran shahar jamoat transportidan foydalanganda yoʻlovchilarning tibbiy niqobda, shuningdek, tibbiy qoʻlqopda boʻlishlari qatʼiyan talab etiladi.

TOSHKENT, 17 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Transport vazirligi bugungi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, jamoat transportida turli yuqumli mavsumiy infektsiyalar tarqalishining oldini olish va yoʻlovchilar salomatligini asrash maqsadida Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yoʻnalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yoʻlovchilarning tibbiy niqob bilan birgalikda tibbiy qoʻlqopda boʻlish tartibi joriy etilishini maʼlum qiladi.

Shahar jamoat transportidan foydalanganda yoʻlovchilarning sanitariya qoidalari va belgilangan karantin talablariga qatʼiy amal qilishlarini taʼminlash maqsadida Transport vazirligining avtomobil tashuvlari xavfsizligini taʼminlashni nazorat qilish boshqarmasi inspektorlari va huquq-tartibot idoralari vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhi tomonidan transport infratuzilma obʼyektlari va jamoat transportida kuchaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari oʻtkaziladi.

Joriy yilning 19 oktyabridan eʼtiboran shahar jamoat transportidan foydalanganda yoʻlovchilarning tibbiy niqobda, shuningdek, tibbiy qoʻlqopda boʻlishlari qatʼiyan talab etiladi.

Asosiy mavzular