05:39 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
36420

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalari ham koʻrib chiqildi, deyiladi xabarda.

TOSHKENT, 20 okt - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni general Kennet Makkenzini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot-xizmati xabar bermoqda.

"Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-AQSH munosabatlari va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar hamda global xatarlarga qarshi kurashish mavzulariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalari ham koʻrib chiqildi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, suhbat davomida Afgʻonistonda tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlash hamda ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga amaliy koʻmak koʻrsatish yuzasidan fikr almashilgan.

General Kennet Makkenzi
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
General Kennet Makkenzi

General Makkenzi Oʻzbekiston prezidentiga uchrashuv uchun samimiy minnatdorlik bildirib, AQSH mamlakatlar oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, keng koʻlamli hamkorlikni kengaytirish borasida qatʼiy ekanini taʼkidlagan.

Asosiy mavzular