06:37 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
1695 0 0

Koronavirusni predmetlarni ushlab yuqtirib olish ehtimoli juda past, ammo infektsiyalangan bemor bilan yaqindan va uzoq muloqotda boʻlish haqiqiy xavf tugʻdiradi

COVID-19ni yuqtirib olishning deyarli yagona usuli - infektsiyalangan bilan uzoq va yaqindan muloqotdir. Germaniyaning Bonn universiteti OIV sohasida virusologiya va tadqiqotlar instituti  tadqiqotchilari shunday xulosaga keldilar.

Keng koʻlamli tadqiqotlar bir necha hafta davomida 1,4 ming kasallanganlar aniqlangan va 46 kishi vafot etgan Xaynsberg shahrida oʻtkazilgan. Olimlarning taʼkidlashlariga koʻra, ular turli sathlarda jonli viruslarni topa olmaganlar.

"Biz eshik tutgichlari, telefonlar yoki hojatxonalardan namunalar oldik, ammo ular asosida laboratoriyada virusni oʻstira olmadik", - deb xulosa qilgan institut rahbari Xendrik Shtreyek matbuot-anjumani davomida, uning soʻzlaridan RTL Today portali iqtibos keltirgan.

Tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdiki, predmetlar bilan kontaktdan keyin kasallanish ehtimoli juda past, ammo shu bilan birga, kasallangan odamlar bilan yaqindan va uzoq muloqot haqiqiy tahdiddir.

"Siz doʻkonlarni aylanganingizda bu kasallikni yuqtirib olish ehtimoli u qadar katta boʻlmaydi. Virusning jiddiy tarqalishi odamlar uzoq vaqt davomida bir-birlariga yaqin boʻlganliklari natijasi boʻlgan", - deya taʼkidlaydi institut rahbari.

Asosiy mavzular